DASTUR HAQIDA

  “Variant”  usuli

       Bu usulda sizga o’zbek yoki ingliz tilidagi bitta so’z va 7 ta javob variantlari ko’rsatiladi. Sizning vazifangiz shu 7 ta so’z ichidan so’ralgan so’z tarjimasini topish (to’g’ri javob ustida sichqoncha bosiladi).  Agar to’g’ri javob variantini bossanggiz sizga shu so’z uchun 20 ball beriladi va keyingiz savolga o’tiladi. Agar noto’g’ri javobni bossangiz sizdan  20 ball olib tashlanadi va o’sha noto’g’ri so’z qizil tusga kirib, dastur to’g’ri javobni bosishingizni kutib turadi va to’g’ri javobni bosganingizdan kengina keyingi savolga o’tadi. Hohlasangiz to’g’ri javobni ko’rib olishingiz mumkin. Buning uchun dastur darchasining eng yuqori qismida joylashgan   “Mashq”  menyusidagi  “Javobni ko’rsatish” degan buyruq bosiladi. Natijada javob variantlarini eng tagida qizil rangda to’g’ri javob ko’rsatiladi. Bunday holda ham sizdan bu so’z uchun 20 ball olib tashlanadi. So’z bo’yicha 100 bal to’plangan taqdirda o’sha so’z yotlangan hisoblanadi. Qancha so’zni yotlagan ekanligingizni dastur eng pastiki qismidagi o’ng tamonda ko’rishingiz mumkin.

  “Mozaika” usuli                                                               

      Bu usulda dastur darchasining bir tamonida o’zbek tilidagi 7 ta so’z va ikkinchi tamonida  esa ingliz tilidagi 7 ta so’z beriladi. Sizning vazifangiz dasturning o’ng yoki chap tamonidagi biror bir so’zni va ikkinchi tamonidagi shu so’zning tarjimasi bo’lgan so’zni tanlash. Agar to’g’ri javob variantini tanlasangiz sizga shu so’z uchun 20 ball beriladi va bu so’z darchadan yo’qoladi. Agar noto’g’ri javobni tanlasangiz sizdan  20 ball olib tashlanadi va toki shu so’zning to’gri tarjimasi bo’lgan so’zni tanlamaguningizcha bu so’z darchadan yo’qolmaydi va har noto’g’ri javobni tanlaganingizda sizdan 20 balldan olib tashlanaveradi. Xohlasangiz to’g’ri javobni ko’rib olishingiz mumkin. Buning uchun dastur darchasining eng yuqori qismida joylashgan “Mashq” menyusidagi “Javobni ko’rsatish” degan buyruq tanlanadi. Natijada javob variantlarini eng tagida qizil rangda to’g’ri javob ko’rsatiladi. Bunday holda ham sizdan bu so’z uchun 20 ball olib tashlanadi. So’z bo’yicha 100 bal to’plangan taqdirdagina o’sha so’z yod olingan hisoblanadi. Qancha so’zni yod olganingizni dastur eng pastiki qismining o’ng tamonida  ko’rishingiz mumkin.

“Yozuv” usuli

       Bu usulda sizga dastur o’zbek yoki ingliz tilidagi  bitta so’z ko’rsatadi va shu so’zning tarjimasi bo’lgan so’zni kritishingizni kutib turadi. Toki to’g’ri javobni kiritmaguningizcha dastur keying savolga o’tmaydi. To’g’ri javobni kiritganingizdan so’nggina dastur sizga bu so’z uchun 20 ball beradi va keyingi savolni ko’rsatadi. Hohlasangiz to’g’ri javobni ko’rib olishingiz mumkin. Buning uchun dastur darchasining eng yuqori qismida joylashgan   “Mashq”  menyusidagi  “Javobni ko’rsatish” degan buyruq bosiladi. Natijada javob variantlarini eng tagida qizil rangda to’g’ri javob ko’rsatiladi. Bunday holda ham sizdan bu so’z uchun 20 ball olib tashlanadi. So’z bo’yicha 100 ball to’plangan taqdirda o’sha so’z yotlangan hisoblanadi. Qancha so’zni yotlagan ekanligingizni dastur eng pastiki qismidagi o’ng tamonda ko’rishingiz mumkin. 

Barchasini boshqatdan boshlash

       Agar siz dastur bazasidagi barcha so’zlarni yod olib bo’lgan bo’lsangiz yoki boshqa sababga ko’ra yod olishni butunlay boshidan boshlamoqchi bo’lsangiz dastur darchasining eng yuqori qismida joylashgan “Mashq” menyusidagi “Takrorlash”  degan buyruq tanlanadi. Natijada tizim sizdan tasdiq so’raydi. Agar “ha” deb javob bersangiz, olgan barcha ballaringiz va yod olgan so’zlaringiz haqidagi ma’lumotlarni barchasi o’chirib tashlanadi va so’zlarni yod olish boshidan boshlanadi. Dastur bazasida umumiy hisobda 5154 ta so’z mavjud. Barcha so’zni yod olib bo’lganingizdan so’ng dastur yod olgan so’zlaringizni takroran  so’rashni boshlaydi. Bunday holatda yoki so’zlarni bir marotabadan takrorlab olishingiz (bunda sizga hech qanday bal berilmaydi va yod olgan so’zlaringiz soni oshmaydi), yoki yuqorida keltirilgan “Mashq” menyusidagi “Takrorlash” degan buyruqni bosgan holatda barchasini boshidan boshlashingiz mumkin (bunday holatda olgan barcha ballaringiz va yod olgan so’zlaringiz haqidagi ma’lumotlarni barchasi o’chirib tashlanadi).